
1991 yil 18 noyabr kuni mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilingan. Unda davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz ekanligi ta’kidlangan. Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligiga 32 yil to’ldi.
Shu munosabat bilan "XALQ SUG'URTA" Aksiyadorlik Jamiyati jamoasi barcha o’zbek xalqini ushbu mustaqilligimizning ramzi hisoblanmish Bayrog’imiz qabul qilingan kun bilan tabriklaydi. Mustaqilligimiz bardavom bo’lsin bayrog’imiz esa doim yuskaklarda hilpirab tursin.