beta

Bugungi kunda, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va kredit tashkilotlari bilan to'g'ri munosabat o'rnatish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Markaziy bank tashabbusi bilan har yili "World savings day" ("Butunjahon jamg'arish kuni") xalqaro ta'lim tadbiri nishonlanib kelmoqda.

Shunga ko'ra, joriy yilning oktabr-noyabr oylari hududlarda o'tkaziladigan "World savings day" ("Butunjahon jamg'arish kuni") xalqaro ta'lim tadbirlarida yoshlarning sug'urta bozorini rivojlantirish borasidagi bilim va ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha "XALQ SUG'URTA" aksiyadorlik jamiyati faol tarzda ishtirok etdi.

Hududiy bosh boshqarmalar, tijorat banklari va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda mahorat darslari o'tkazildi.

Treningda faol qatnashgan yoshlar moliyaviy savodxonlikka oid kitoblar va boshqa esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Ta'lim tadbirlarida yoshlarning sug'urta bozorini rivojlantirish borasidagi bilim va ko'nikmalari oshirildi.